O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN MAQOMI TO`G`RISIDA

Поделитесь с друзьями

❓❗️O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN MAQOMI TO`G`RISIDA

 

📝 Obunachidan savol: Qanday faoliyatni amalga oshirish orqali siz o’z-o’zini ish bilan ta’minlovchi maqomini olishingiz mumkin? Ushbu maqomni olish tartibi qanday? Soliqlar va boshqa daromad to’lovlari qanday hisoblab chiqiladi?

💡Javob:  O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — o‘z ishini o‘zi topib, uni o‘zi bajarish orqali daromad ko‘radigan jismoniy shaxslardir. Repetitorlar, enagalar, santexniklar, elektrchilar, sartaroshlar, kuryerlar, avtomobil yuvuvchilari, hunarmandlar, farroshlar, tikuvchilar, dasturchilar va yana ko‘plab kasb egalari o‘zini o‘zi band qiluvchilar bo‘lishlari mumkin.

 

📌 O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun 68 faoliyat turi mavjuddir. Shaxs o`z hohishi bo`yicha ularni ichida bir nechtasini tanglasa bo`ladi.

 

📌 Mehnatga layoqatli yoshdagi har bir jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari, o‘zini o‘zi band qilishi mumkin. O‘zini o‘zi band qiluvchilar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari shart emas.

 

📌O‘zini o‘zi band qilish maqomiga ro`yxatdan o`tish mutlaqo bepul.  Ro‘yxatdan ikki yo‘l bilan o`tish mumkin:

1) tuman soliq inspeksiyasiga murojaat qilinsa, xodim anketa to‘ldiradi;

2) soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki DSQning Soliq mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

📌 Cheklanmagan muddatga ro‘yxatdan o‘tiladi. Anketalar to‘ldirilganidan keyin o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida QR-kodli ma’lumotnoma beriladi. Shu yerning o‘zidan ijtimoiy soliqni ham to‘lash mumkin, buning uchun plastik kartochkasi hisob raqami va amal qilish muddatini kiritish kifoya. Bir paytni o`zida mexnat shartnomasi bo`yicha ish o`lib bo`rish va  o‘zini o‘zi band qilish maqomida ish o`lib bo`rishga bo`lmaydi.

📌Soliqlar va to`lovlar:

O‘zini o‘zi band qilish faoliyatidan olingan barcha daromadlar jismoniy shaxslar daromad solig‘iga (JSHDS) tortilmaydi: qancha topsa ham o‘zida qoladi. Bir yilda bir marta BHMning 1 baravari — 2023 yilning 1 fevral holatida 300 ming so‘m — miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashning o‘zi kifoya qiladi. To‘lovni har qanday to‘lov tizimi orqali amalga oshirish mumkin.

 

O‘zini o‘zi band qiluvchilar hech qanday sug‘urta va boshqa yig‘imlarni to‘lamaydilar.

 

📌 O‘zini o‘zi band qilganlarda oylik yoki yillik daromad bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas. Agar shaxs o‘zini o‘zi band qiluvchi sifatida oyiga ko`p miqdorda daromad  topsa ham, hech kim uni  faoliyatini to‘xtatib, YATT yoki MCHJ ochishga majburlamaydi.

 

✅ Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori «O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi» nizomni tasdiqlash haqida, 2020 yil 23 dekabrdagi.

Поделитесь с друзьями

Оставить комментарий